Nizoli vaziyat mahallada muhokama qilindi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jinotyachilik va huquqbuzarliklarni mahallada muhokama etish amaliyotidan keng foydalanilmoqdaki, maqsad sabab va oqibatlardan boshqalar ham xulosa chiqarsinlar. Xususan, ana shunday muhokamalardan navbatdagisi tumanning Niyozmat mahallasidagi 11-umumta’lim maktabida o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi Samandar Astonov, tuman IIB rahbariyati, jabrlanuvchi va gumonlanuvchi tomonlar, mahalla fuqarolari, oqsoqollar ishtirok etishdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax viloyati Baxmal tumani Bunyodkor mahallasi fuqarosi X.J. Bulung‘ur tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2023-yil 24-fevral kuni soat taxminan 22:30 da Bulung‘ur tumani Niyozmat mahallasi hududida O‘. va A. ismli fuqarolar bilan tortishib, janjallashib qolganligini, ular uning tanasining turli sohalariga qo‘l va oyoqlari bilan urib-tepib,unga tan jarohati yetkazganligini bildirib, ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bulungur tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi M.B.Bozorboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Muhokama davomida har ikkala tomonning, shuningdek mahalla oqsoqollari va profilaktika uchastka inspektorlarining fikrlari tinglandi. Oddiy bir tushunmovchilik natijasida kelib chiqqan nizoli vaziyatga olib kelgan sabab va uning oqibatlari xususida so‘z yuritilib, tomonlarning bugungi muborak Ramazon oyida kechirimli bo‘lishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

 

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM