Byuroning faxriy xodimi yo‘qlandi

Navro'z bayrami va muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Byuro xodimlari tomonidan tizimda uzoq yillar mehnat qilib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olinmoqda.

Shunday tadbirlardan birida Byuro faxriysi - Mamayusuf Xidirovni yo‘qlab borildi. Faxriy xodimga rahbariyatning tabrigi va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

– Faxriylarni e’zozlash ularga hurmat ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatini hisoblanadi, – deydi shogirdi Baxtiyor Umarov. – Biz ham ezgu qadriyatlarimizga amal qilgan holdaulug‘ ayyom kunlarida faxriylarimiz holidan xabar olib, ulardan kasbiy ko‘nikma o‘rganayapmiz. Faxriylarning o‘gitlari bugungi kunlarda biz uchun juda qimmatli.

Faxriy Mamayusuf Xidirov 1986 yildan 2018 yilgacha shu sohada mehnat qilgan. uzoq yillik mehnatdan keyin bugun farzandlari va nabiraning ardog‘ida keksalik gashtini surmoqda.

– Xalqimizning mehr-e’tibori har doim, har qanday vaziyatda odamni ruhlantiradi, – Mamayusuf Xidirov. – Bugungi kunlarda, ayniqsa, ana shunday mehr-oqibatning qadriga bebaho. Hamkasblarimning yo‘qlab kelishi ko‘nglimni tog‘dek ko‘tardi. Ular bilan bo‘lgan qisqa suhbatdan o‘zgacha kuch oldim. Baribir odam odam bilan tirik. Tizimdagi o‘zgarishlarni kuzatib borayapman. Hozirgi davlat ijrochilarga havasim keladi. Soha tubdan o‘zgardi. Suhbatimiz davomida tajribamdan kelib chiqib, ularga o‘z tavsiyalarimni berdim. 

Feruz IBRAGIMOV,

Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi xodimi.

 

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM