Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim

Shu kunlarda Bulung‘ur tumani bo‘ylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tumandagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi uchun sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

 

Xususan, bugun bo’lib o’tgan tuman bosqichi bellashuvlarida sportning voleyboll turidan ayollar o’rtasida 5-umumta’lim maktabi jamoasi 1-o’rinni, 2-umumta’lim maktabi 2-o’rinni, 54-umumta’lim maktabi 3-o’rinni qo’lga kiritishdi. Shuningdek, erkaklar o’rtasida sportning mini-fotboll turidan o’tgan bahslar natijasiga ko’ra, tumandagi 8-umumta’lim maktabi jamoasi 1-o’rinni, 1-umumta’lim maktabi jamoasi 2-o’rinni, 59-umumta’lim maktabi jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.

 

Musobaqalar so’ngida g’olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Endilikda, 1-o’rinni qo’lga kiritgan jamoalar o’z yo’nalishida Samarqand viloyatida tumanimiz sharafini himoya qilishadi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM