Tadbirkorlarning murojaat va takliflari qabul qilindi

Bugungi kunda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zotan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”.

 

Savdo-sanoat palatasi Bulung‘ur tuman bo‘limida tuman hokimi Samandar Astonovning tadbirkorlar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi Insevtitsiya bo‘limi, palataning tuman bo‘limi, tijorat banklari mas’ullari, tegishli mahallalarning hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Qabul davomida tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar o‘z taklif va murojaatlari bilan ishtirok etishdi. Bildirilgan murojaatlar shu joyning o‘zida soha mas’ullari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

 

Xususan, qabul yakuniga ko‘ra, 7 ta murojaat ijro uchun ro‘yxatga olinib, mas’ullar va aniq muddatlari belgilandi. Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning aksariyat qismini bank kreditlari bilan bog‘liq masalalar tashkil etmoqda.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM