Navbatdagi “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Bulung‘ur tumani hokimi, 1-sektor rahbari Samandar Astonovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi Bo‘dana mahallasi yoshlari uchun tashkil etildi. Tumandagi 20-sonli musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov, sektor ishchi guruhi a’zolari, Bo‘dana mahallasi faollari, Bo‘dana, Fozil Yo‘ldosh va Sohibkor mahallalari yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida, odatga ko‘ra, mahallada bundan oldingi o‘tkazilgan uchrashuvda ro‘yxatga olingan murojaatlarning ijro holati yuzasidan aholiga ma’lumot berildi.

ShUndan so‘ng, yoshlar va aholi vakillarining taklif va murojaatlari qabul qilindi. Bildirilgan har bir murojaat tegishli soha mas’ullari ishtirokida shu joyning o‘zida muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, yoshlar tomonidan bildirilgan 7 ta, aholining 11 ta murojaati ro‘yxatga olinib, ijroga qaratildi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM