Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq lozim…

Internet tarmog‘ining chegara bilmasligi, sun’iy yo‘ldosh orqali efirga uzatiladigan fazoviy kanallarga to‘siq qo‘yishning iloji yo‘qligini hisobga oladigan bo‘lsak, buzg‘unchi g‘oyalarni aholi, xususan yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali  targ’ib etishga urinishlar ko’paymoqda.

 

Bulung‘ur tumani Milliy Gvardiya bo‘limida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda Din ishlari bo’yicha Qo’mitaning tumandagi vakili ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda ham shu haqda so’z yuritildi. Bunda, eng avvalo, e’tiborni yoshlarimizni nima yaxshi, nima yomon ekanligi bilan tanishtirishga emas, ularga oq-qorani to’g’ri ajrata olishlari ko’nikmasini o’rgata olishga qaratish zarurligi ta’kidlandi. Albatta, bunda bilim, tanqidiy-tahlil va mustaqil fikrni shakllantirish muhim o’rin tutadi.

 

Tadbir davomida “Zamonaviy bosqichda Diniy ekstremistik tuzilmalar targ‘iboti faoliyatining o‘ziga xosligi hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat mavzularida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, tadbir davomida DIQ tomonidan tayyorlangan “Soxta da’volar...” filmi namoyish qilinib, unda ilgari surilgan g‘oya atrofida fikr almashinildi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM