O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi Xalq qabulxonasiga mudir tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Uktamovich Umurzakovning tegishli farmoyishiga ko‘ra, Narmatov Sherzod Ashirbayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

 

Shu munosabat bilan tuman hokimligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Mamatjon Turdiyev, tuman hokimi Samandar Astonov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, hokimlik mas’ullari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Bulung‘ur tumanidagi Xalq qabulxonasining yangi rahbari tayinlovi barchaga e’lon qilindi. Shuningdek, ushbu lavozim uzoq vaqtdan buyon vakant bo‘lib turganligi sababli, Bulung‘ur tumaniga vaqtincha yordamga kelgan va bir muncha muddat faoliyat ko‘rsatgan Urgut hamda Pastdarg‘om tumanlaridagi Xalq qabulxonalarining mutaxassislari Qo‘ldoshev Otabek hamda Haydarov Sohiblarga rahbariyatning minnaddorchiligi bildirildi.

Ma’lumot uchun, Sh.Narmatov 1980-yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2017-yildan tayinlovga qadar Bulung‘ur tumani hokimligi umumiy bo‘limi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Aholi murojaatlari bilan ishlash borasida yetarlicha tajribaga ega.

 

Tuman hokimligi jamoasi Sh.Narmatovning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM