Ogoh bo‘ling: yana bir yurtdoshimiz kiber jinoyatchilik qurboniga aylandi

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali kiber jinoyatchilikka qarshi targ‘ibot materiallarini tez-tez uchratyapmiz. Albatta, bu bejizga emas. Sababi, bugungi raqamlashgan bir davrda aynan kiberjinoyatchilik qurbonlari tobora ko‘payib bormoqda.

 

Bulung‘ur tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasida o‘tkazlgan jinoyatchilik muhokamasiga yig‘ilganlar ham ayni shu holatga yana bir bor guvoh bo‘lishdilar.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil 12-yanvar kuni tuman IIBga Bulung‘ur tumani “Yangiqo‘rg‘on” MFY Oqariq ko‘chasi 36-uyda yashovchi fuqaro Ya.N.A. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, 2023-yil 10-yanvar kuni soat 22:20 dan 22:50 ga qadar vaqt oralig‘ida o‘zining telefon raqamiga ulangan ATB “Agrobank” Samarqand filialiga tegishli bo‘lgan “HUMO” plastik kartasidan 2.950.000 so‘m pulini noma’lum shaxslar tomonidan yechib olganligini ma’lum qilgan.

Muhokama davomida ijtimoiy tarmoqlardagi ishonchli bo‘lmagan turli xavolalar, guruxlar va kanallarga ulanmaslik, qo‘l telefonlariga kelgan smslardagi kodlarni begona shaxslarga oshkor qilmaslik xaqidagi targ‘ibot ishlarini yanada jonlantirish lozimligi, bunda jamoatchilik nazorati va yordami zarur ekanligi ta’kidlandi.

 

Hozirda holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM