Muammodan mas’ullarning xabari bor, yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilangan

"Самаркандский вестник" gazetasida Bulung‘ur tumani Bulung‘ur va Istiqlol mahallalarini bog‘lab turuvchi Azlarbulok ko‘chasi to‘g‘risidagi muammo to‘g‘risida tanqidyi material e’lon qilindi.

 

Holat yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, mazkur muammodan tuman rahbariyatining xabari bor. Xususan, tuman hokimi Samandar Astonov ham mazkur muammoning yechimi yuzasidan shu ko‘chada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bir necha bor suhbatda bo‘lgan. Bunda fuqarolarning bir yoqadan bosh chiqarib, o‘zaro murosaga kelmaganligi saabli masalaga qisqa fursatlarda o‘z yechimini topishning imkoni bo‘lmadi.

 

Hozirda, Spitamen ko‘chasida suv to‘planishining oldini olish maqsadida, soha mutaxassislarining taklifi bilan, Bulung‘ur mahallasi oqtepa ko‘chasi tomonga irrigatsiya arig‘i (lotok) tortish reja qilingan. Mazkur masala 2023-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Spitamen ko‘chasidan Azlarbulok ko‘chasiga suv tushishining oldi olinadi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM