Ogohlik – davr talabi!

Bulung‘ur tumani hokimligida tuman prokuraturasi, departament, ichki ishlar, soliq idoralari rahbariyati, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tashkilot va muassasa rahbarlari, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada ta’kidlanganidek, mas’ul organlar tomonidan iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni muomalaga kiritish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish yuzasidan kunlik nazorat o‘rnatilgan.

Xususan, iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan alkogol ichimliklarning ishlab chiqarilishi va muomalaga kiritilishini oldini olish maqsadida manfaatdor idoralarning malakali xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan.

O‘rganishlar davomida Bulung‘ur tumanida ham noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar, sanitariya-gigiena talablarini qo‘pol ravishda buzgan holda savdo qilib kelayotgan holatlar aniqlanganligi ta’kidlanib, bugungi  e’tiborsizlik yoki harakatsizlik, ertaga noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi tanqid qilindi. Bundan tashqari, muhokama davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, is gazidan zaxarlanishning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan soha mas’ullari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar belgilab olindi.

 

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM