“Besh muhim tashabbus olimpiadasi” 2-mavsumi 28 nafar bulung‘urlik yoshlar respublikaga yo‘l oldi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 30 iyun kuni mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dod va qobiliyatini namoyon qilishlariga ko‘maklashish maqsadida yilda ikki marotaba besh bosqichli mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika darajasidagi “Besh bosqichli Besh tashabbus olimpiadasi” tashkil qilish belgilangan edi.

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab mazkur olimpiadalarning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. E’tibor qaratish kerakki, yoshlarning ikkinchi mavsumda 1-mavsumga qaraganda ikki baravvar ko‘proq qiziqish bildirganligi, mazkur olimpiadasining yoshlar orasga kirib borayotganligi va o‘z maqsadiga erishayotganligining natijasidir. Xususan, birgina Bulung‘ur tumanidan  @beshtashabbusbot telegram boti orqali jami bo‘lib 59 389 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tishgan.

Ushbu tanlovlarda faol ishtirok etgan hamda viloyat bosqichida ham  g‘oliblar safidan o‘rin egallagan 28 nafar yoshlarimiz tanlovlarning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishganligi, barchamiz uchun quvonarli natijadir.

Xususan,

-voleybol sport turidan Kaptarxona mahallasi yoshlari 1-o‘rinni;

-shaxmat sport turidan Erganakli va Mingtepa mahallalaridan 2 nafar yoshlarimiz 1-o‘rinni;

-stritbol sport turidan Oqtepa va Amir Temur mahallalari yoshlari jamoalari 1-o‘rinni;

-stol tennisi sport turidan Suluvqo‘rg‘on mahallasi yoshlari 2-o‘rinni;

-stritbol sport turidan Oqtepa mahalasi yoshlari 3-o‘rinni;

-stritworkout sport musobaqalarida Mingtepa mahallasi yoshlari 3-o‘rinni qo‘lga kiritishgan.


Shu munosabat bilan tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbirda 5 ta sektor rahbarlari, g‘olib yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida yuqorida nomlari qayd etilgan mahallalardagi 28 nafar g‘olib yoshlarimiz hamda ularga chin ma’noda to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatgan yoshlar yetakchilari, mas’ul qimmatbaho estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Besh tashabbus sport musobaqasining ikkinchi mavsumini yuqori saviyada tashkil etishdagi ko‘magi va tashabbuskorligi uchun tuman sektor rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining qo‘shma tashakkurnomasi topshirildi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM