Sizning fikringiz muhim!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31iyuldagi 639-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturga asosan 2022-yilda Samarqand viloyati, Bulungʻur tumanining Kildon mahallasi hududining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari hamda unga yondosh Xoʻjabachcha, Sarqipchoq, Sayiltepa” va Kichik kildon mahallalarining markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan.

Shuningdek, mazkur manzilli dasturga asosan 2022-yilda Samarqand viloyati, Bulungʻur tumanining Sohibkor mahallasi hududining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari hamda unga yondosh Bo‘dana, Oqtosh va Olmazor mahallalari markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi belgilangan.

Bugungi kunda “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bosh loyiha instituti tomonidan mazkur aholi punktlarining loyiha hujjatlari ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 38-moddasi “Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi” talablariga asosan ishlab chiqilgan bosh reja loyihalari yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilish uchun havola qilinmoqda.

Taqdim etilgan loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringiz bo‘lsa, bizning ushbu manzilimizga bildirishingiz mumkin: https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid0dHrQU8poU5m1AjHfsaBHTu...

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM